«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

32¹-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish

(32¹-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)

Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart. Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to'lashdan bo'yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni bo'lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to'lanmagan yoki jarimani bo'lib-bo'lib to'lash shartlari buzilgan taqdirda, davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish to'g'risidagi taqdimnoma bilan sudga o'n kunlik muddat ichida murojaat qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.