«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

31-modda. Ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish

(31-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo'lgan taqdirda davlat ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga ko'ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni so'rab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddat ichida uni ko'rib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan o'zi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga ko'ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini o'zgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish to'g'risida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.