Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e'tiboran ko'pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak.
Ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak:
alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish to'g'risidagi talablar;
qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodimni ishga tiklash to'g'risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta'rifini o'zgartirish to'g'risidagi talablar;
ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda ko'rsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatga:
ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro qilish vaqti;
ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti;
ijro ishi yuritishni to'xtatib turish vaqti;
mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari to'g'risidagi boshqa hujjat davlat ijrochisiga kelib tushgunigacha bo'lgan vaqt;
mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag'lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag'iga kelib tushgunigacha bo'lgan vaqt kirmaydi.
Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining o'tishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari
(30-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.