«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki

(17-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi ta'minlanadi. Tarjima qilish uchun zarur bo'lgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs tarjimon bo'lishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan tayinlanadi. Tarjimon o'z mehnati uchun haq olish huquqiga ega bo'lib, bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi. Tarjimon bila turib, noto'g'ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.