Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini ko'zdan kechirish, xatlash, olib qo'yish va berish bilan bog'liq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga ko'ra chaqiriladi.
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo'lmagan va o'zaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo'lmagan, bir-biriga bo'ysunmaydigan va bir-birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki
(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.