Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular o'z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli bo'lgan barcha harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan bajaradilar.
Belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan deb topilgan jismoniy shaxs ishtirok etishi lozim bo'lgan ijro ishi yuritish bo'yicha, bedarak yo'qolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlangan shaxslar bedarak yo'qolgan shaxsning vakili sifatida qatnashadilar.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning merosxo'ri ishtirok etishi lozim bo'lgan ijro ishi yuritish bo'yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo'lsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo'rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni o'zlari vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga egadirlar.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
16-modda. Qonuniy vakillar
(16-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.