«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

15-modda. Vakil bo'lolmaydigan shaxslar

(15-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda vakil bo'lishlari mumkin emas. Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.