«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

14-modda. Vakilning vakolatlari

(14-модданинг учинчи қисми бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan bo'lishi shart. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil o'zini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish bilan bog'liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maxsus ko'rsatib o'tilgan bo'lishi kerak: ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish; undiruvdan voz kechish; vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (ishonib topshirish); davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish; undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish; kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.