Ijara haqi ijara shartnomasida tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan belgilanadi, bunda davlat mulkida bo'lgan yer uchastkalari va tabiiy resurslar uchun ijara haqi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'rsatilgan tartibda va doirada belgilanadi.
Ijara haqi ijaraga olingan mol-mulkning egasiga to'lanadi. Bunda, basharti davlat mol-mulk ijaraga berilgan bo'lsa, ijara haqi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim.
Ijara haqi ijaraga olingan butun mol-mulk uchun yaxlit yoki har bir ob'yekt bo'yicha alohida-alohida natura, pul yoki aralash shakllarda belgilab qo'yilishi mumkin. Ijara haqini to'lash shartlari va muddatlari shartnomada belgilab qo'yiladi.
Ijara haqi miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq shartnomada ko'zda tutilgan muddatlarda o'zgartirilishi mumkin. Ijara haqining miqdori markazlashtirilgan tartibda belgilab qo'yiladigan narx-navo, tariflar va yer solig'i stavkalari o'zgargan taqdirda hamda O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa hollarda tomonlardan birining talabiga muvofiq muddatidan oldin qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Ijara to'g'risida»gi qonun
12-modda. Ijara haqi
(12-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.