Ijara shartnomasi shartlarining o'zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va tugatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo'l qo'yiladi.
Tomonlarning biri shartnoma shartlarini buzgan taqdirda ikkinchisining talabiga ko'ra ijara shartnomasi tegishli sudning qarori bilan bekor qilinishi mumkin.
Ijarachi muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda shartnoma O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va shartlarda tugatiladi. Bu holda ijarachining oila a'zolaridan biri ijara shartnomasi tuzishda ustun huquqqa ega bo'ladi. Ijarachi sodir etgan jinoyati uchun kelgusida shartnomani bajara olishiga imkon bo'lmaydigan usulda jazolangan taqdirda ham ijara shartnomasi tugatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ijara to'g'risida»gi qonun
13-modda. Ijara shartnomasi shartlarini o'zgartirish, uni bekor qilish va tugatish
(13-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 18 мартдаги ЎРҚ-922-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.03.2024 й., 03/24/922/0224-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.