«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

32-modda. Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo'shatish

(32-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo'shatishga quyidagilar asos bo'ladi: o'zining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o'tamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida; ichki ishlar organlarida xizmatda bo'lishning ushbu Qonunda belgilangan chegaradagi yoshiga to'lganligi; pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o'taganligi — xodimning bildirgisi asosida; tashkiliy-shtat o'zgarishlari; kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi to'g'risidagi xulosasi asosida; sog'lig'ining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to'g'risidagi va xizmat bo'yicha boshqa lavozimga o'tkazish imkoniyati mavjud bo'lmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida; dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi; malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida; xizmat intizomini qo'pol ravishda buzganligi; ichki ishlar organi xodimining sha'niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi; sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi; xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo'lgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi; boshqa turdagi davlat xizmatiga o'tganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda); O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi. Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun xizmatdan bo'shatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.