O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan boshqa davlat organlarining ta'lim muassasalariga o'qishga yuborilgan ichki ishlar organi xodimi majburiyatlarni bajarish (o'qish) davrida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritib qo'yilishi mumkin.
Majburiyatlarni bajarish (o'qish) tugatilganidan keyin ichki ishlar organi xodimiga ilgarigi ishi (lavozimi), ushbu ish (lavozim) yo'qligida esa unga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilgan ichki ishlar organlari xodimlariga maxsus unvonlar oxirgi egallagan lavozimidan qat'i nazar, belgilangan tartibda beriladi.
Majburiyatlarni bajarish (o'qish) davri ichki ishlar organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama to'lash, pul ta'minoti (lavozim maoshi va maxsus unvon bo'yicha maoshi summasidan iborat bo'lgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun ichki ishlar organlaridagi xizmat stajiga qo'shib hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xodimlar xizmatdan bo'shatilganda, shuningdek ularning oila a'zolari ichki ishlar organlaridan bo'shatilgan xodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
33-modda. Ichki ishlar organi xodimining boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi (tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlar
(33-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 4 сентябрдаги ЎРҚ-563-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.09.2019 й., 03/19/563/3685-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ichki ishlar organi xodimi boshqa davlat organiga yoki ta'lim muassasasiga yuborilganda, uning eski lavozimi saqlanadi yoki qaytib kelganda teng lavozim beriladi. Bu vaqt xizmat stajiga hisoblanib, maosh to'liq to'lanadi va pensiya hisoblashida hisobga olinadi.
**Kimga tegishli**
Bu kafolat ichki ishlar organi xodimlariga va ularning oila a'zolariga tegishli.
**Amalda**
Politsiya xodimi Prezident farmoni bilan boshqa vazirlikka tayinlandi. Ikkita yil o'tgach qaytib keldi — unga eski politsiya lavozimi yoki shunga teng boshqa lavozim beriladi. Shu ikkita yil xizmat stajiga qo'shiladi va maosh to'liq to'lanib turgan.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.