Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinadigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan o'tadi.
Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda o'qitilmaydigan ixtisosliklar mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari ichki ishlar organlarida xizmatda deb hisoblanadi, chet el fuqarolari bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
31-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash
(31-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.