«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

30¹-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash bilan bog'liq bo'lgan cheklovlar

(30¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 ноябрдаги ЎРҚ-1008-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.12.2024 й., 03/24/1008/0988-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 3 январь)

Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas: o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ichki ishlar organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga olib kelsa; ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga; tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati sub'yektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga; o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga; qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferentsiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga; qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga; chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga; O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno; o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog'liq hollar bundan mustasno; xizmatni o'tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno; ichki ishlar organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog'liq hollar bundan mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik ichki ishlar organi xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.