Havo kemasi ekipaji a'zolari parvozda o'z xizmat vazifalarini bajarish chog'ida tan jarohatlari olgan yoki sog'liqlariga boshqa zarar yetkazilgan taqdirda, havo kemasining ekspluatanti, agar u yetkazilgan zarar jabrlanuvchining qasddan qilingan harakati natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, jabrlanuvchiga zararning u oladigan nafaqadan yoki unga jarohatidan keyin tayinlangan va amalda u oladigan pensiyadan ortiqcha qismini qoplashi shart.
Havo kemasi ekipajining a'zosi parvozda o'z xizmat vazifasini bajarish chog'ida halok bo'lgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash marhumning qaramog'ida bo'lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga yoki faoliyat ro'y bergan kungacha undan nafaqa olishga huquqi bo'lgan shaxslarga, shuningdek marhumning vafotidan so'ng dunyoga kelgan farzandiga yuqorida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn53-modda. Havo kemasi ekipaji a'zolariga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.