Uchuvchi ixtisosligiga va belgilangan tartibda ma'lum turdagi havo kemasini mustaqil boshqarish huquqiga ega bo'lgan shaxsgina havo kemasining komandiri bo'lishi mumkin.
Havo kemasining komandiri ekipaj faoliyatini boshqaradi, kemada tartib va intizom saqlanishini, parvoz qoidalariga va kemadan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini ta'minlaydi, shuningdek kemaning asralishi va kemadagi odamlar hamda mol-mulkning xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralarni ko'radi.
Havo kemasining komandiri quyidagi huquqlarga ega:
a) havo kemasining fazoga ko'tarilishi, parvozi va qo'nishi haqida, shuningdek parvozni tugallash va parvoz boshlangan punktga qaytish yoki majburiy qo'nish haqida uzil-kesil qaror qabul qilish. Parvoz xavfsizligiga yaqqol xavf tug'ilganida, shuningdek kema ichidagi yo'lovchilar hayotini saqlab qolish niyatida parvoz rejasidan, havo transporti qatnovini ta'minlovchi idora ko'rsatmalaridan va parvoz topshirig'idan chekingan holda, ammo belgilangan parvoz qoidalariga iloji boricha rioya qilgan holda, bunday qaror qabul qilinishi mumkin. Kema komandiri ko'rilgan tadbirlar to'g'risida kemaning bevosita rahbari bo'lmish havo kemalari qatnovini ta'minlovchi organga zudlik bilan xabar qilishi shart;
b) havo kemasi ichidagi har qanday shaxsga o'z vakolatlari doirasida buyruq berish. Bu buyruqlar so'zsiz bajarilmog'i lozim;
v) xatti-harakatlari bilan parvoz xavfsizligiga bevosita tahdid solib, o'zining buyruqlariga bo'ysunmayotgan shaxslarga nisbatan barcha zarur choralarni ko'rish, hatto qurol ishlatish. Havo kemasi eng yaqin aerodromga qo'ngani zahoti kema komandiri bunday shaxslarni kemadan chiqarib yuborishi, agar jinoyat belgilari mavjud qilmish sodir etgan bo'lsalar, ularni tegishli organlarga topshirishi mumkin;
g) parvoz xavfsizligini hamda havo kemasini qo'ndirishni ta'minlash uchun zarur bo'lsa parvoz paytida yonilg'ini to'kib tashlash, qo'l yuki, yuk va pochtani tashlab yuborish.
lex.uz’dagi asl matn52-modda. Havo kemasining komandiri
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.