Havo kodeksi

53¹-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar

(53¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни билан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)

Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta'minlaydi. Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga ko'ra beriladigan va mehnatga haq to'lash to'g'risidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablag'lari hisobidan ta'minlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.