Havo kemasi ekipaji kema komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlardan iborat bo'ladi.
Fuqaro va davlat aviatsiyasi havo kemalarining ekipaji tarkibi havo kemalarining turi va vazifasi, maqsadi va ulardan foydalanish sharoitlari hisobga olinib, havo kemasining loyihalovchisi va buyurtmachisi tomonidan belgilanadi hamda har bir turdagi havo kemasining parvozda foydalanish hujjatlariga yozib qo'yiladi. Bundan tashqari, havo kemalari ekipaji tarkibiga tegishlicha Aviatsiya ma'muriyati yoki O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shu kemadan foydalanishga aloqador boshqa aviatsiya xodimlari ham kiritilishi mumkin.
Eksperimental aviatsiya havo kemasi ekipajining tarkibi tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga bog'liq holda O'zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma'muriyati bilan kelishuvga ko'ra havo kemasining ishlab chiqaruvchisi va loyihalovchisi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn51-modda. Havo kemasi ekipaji
(51-модда Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 26 декабрдаги 549-I-сон Қонунига мувофиқ учинчи қисм билан тўлдирилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1998 й., 3-сон, 38-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.