Fuqarolik protsessual kodeksi

6-modda. Sud hujjatlari

(6-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sud ko'rilayotgan va hal etilayotgan masala bo'yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi. Birinchi instantsiya sudi ishni mazmunan ko'rish natijalari bo'yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrug'i qabul qiladi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudi ishni ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha qaror chiqaradi. Sud qonunda o'zining vakolatiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish natijalari bo'yicha qaror chiqaradi. Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.