Fuqarolik protsessual kodeksi

59-modda. Ekspertning huquqlari

(59-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma'lumotlarni yozib olish yoki nusxa ko'chirish; joyida ko'zdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani o'tkazish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha materiallar va tekshirish ob'yektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga taalluqli dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni ko'zdan kechirish; o'z xulosasida nafaqat o'zining oldiga qo'yilgan savollar bo'yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo'yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko'rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan noto'g'ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo'lgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o'z ona tilida xulosa taqdim etish va ko'rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo'lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish; ekspertiza o'tkazilishi vaqtida qilingan xarajatlarni undirish huquqiga ega. Agar ekspert qo'yilgan savollarni o'zining maxsus bilimlari asosida hal qilib bo'lmasligiga yoki o'ziga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to'ldirib bo'lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo'yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo'qligi to'g'risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.