Fuqarolik protsessual kodeksi

60-modda. Ekspertning majburiyatlari va javobgarligi

(60-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Ekspert: ushbu Kodeksning 22-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda o'zini o'zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o'ziga taqdim etilgan tekshirish ob'yektlarini har tomonlama va to'liq tekshirishdan o'tkazishi, o'z oldiga qo'yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; o'zi o'tkazgan ekspertiza xususida ko'rsatuvlar berishi va o'zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo'shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o'tkazishi munosabati bilan o'ziga ma'lum bo'lib qolgan ma'lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish ob'yektlari va ish materiallarining saqlanishini ta'minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. Ekspert xulosa berishdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun, shuningdek, agar sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra sudning chaqiruvi bo'yicha kelmasa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Jarima solinishi ekspertni sudga kelish va xulosa berish majburiyatidan ozod etmaydi. Bila turib yolg'on xulosa berganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun ekspert O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.