Fuqarolik protsessual kodeksi

270¹⁵-modda. Sudning hal qiluv qarori

(23³-боб Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)

E'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish to'g'risidagi, ish tashlashni to'xtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga ko'ra sud tomonidan qabul qilinadi. Ish tashlash noqonuniy deb topilgan taqdirda, sud tegishli javobgarlik masalasini hal etish to'g'risida prokurorga xabar qiladi. Sud ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qarorning va ish tashlashning qonunga muvofiq ekanligini hamda ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Sudning e'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish to'g'risidagi yoki ish tashlashni to'xtatib turish haqidagi da'vo arizasini qanoatlantirish to'g'risidagi hal qiluv qarorida e'lon qilingan ish tashlashni kechiktirish yoki ish tashlashni to'xtatib turish muddati ko'rsatiladi va u e'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to'xtatib turish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.