E'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish to'g'risidagi, ish tashlashni to'xtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish to'g'risidagi ishlar da'vo arizasi berilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda sud tomonidan ish beruvchi, ish tashlashga rahbarlik qiluvchi, shuningdek prokuror ishtirokida ko'rib chiqiladi. Uchinchi shaxslar sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo'qligida ko'rilishi mumkin.
Ish tashlashni noqonuniy deb topish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish chog'ida sud ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qarorning qonuniyligini, ish tashlashni amalga oshirishning qonunda belgilangan talablariga rioya etilganligini tekshiradi, shuningdek ish tashlash tufayli huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar buzilgan-buzilmaganligini aniqlaydi.
lex.uz’dagi asl matn270¹⁴-modda. E'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish to'g'risidagi, ish tashlashni to'xtatib turish haqidagi, ish tashlashni noqonuniy deb topish to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud muhokamasining xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.