Fuqarolik protsessual kodeksi

270¹⁰-modda. Sudning hal qiluv qarori

(23²-боб Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-997-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.11.2024 й., 03/24/997/0923-сон)

O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ish bo'yicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga ko'ra sud tomonidan qabul qilinadi. O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish to'g'risidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida ko'rsatilgan ma'lumotlardan tashqari: 1) qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili); 2) yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi ko'rsatilishi kerak. O'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida ko'rsatilgan ma'lumotlardan tashqari: 1) o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi; 2) buzilishi lozim bo'lgan imorat ko'rsatilishi kerak. Agar da'vo arizasida o'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish to'g'risidagi va o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan bo'lib, bu talablar qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'lumotlar ko'rsatiladi. Sudning o'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo'lsa, u qabul qilingan kundan e'tiboran o'n kun o'tgach qonuniy kuchga kiradi. O'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo'lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.