Hal qiluv qarori noaniq bo'lsa, ishni hal qilgan sud o'z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga ko'ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o'zgartirmagan holda tushuntirishga haqli.
Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin bo'lgan muddat o'tmagan bo'lsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yo'l qo'yiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko'rib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
Sud hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi arizani u kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda ko'rib chiqadi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
263-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.