Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo'lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o'tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo'lsa, ishni apellyatsiya instantsiyasi sudi ko'rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga o'sha asoslar bo'yicha yangidan o'sha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.
Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi bo'yicha boshlangan bo'lsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini ko'zlab qo'zg'atilgan bo'lsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy to'lovlarni (alimentlar, sog'liqqa shikast yetkazilganda ko'rilgan zararning o'rnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bog'liq to'lovlar va hokazo) undirish to'g'risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin to'lovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga ta'sir etuvchi holatlar jiddiy ravishda o'zgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yo'li bilan to'lovlarning miqdori va muddatini o'zgartirishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn264-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
(264-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-661-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/661/0011-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Hal qiluv qarori — sudning oxirgi qaroridirki, u apellyatsiya shikoyati berish muddati o'tganidan keyin yoki apellyatsiya sudida qayta ko'rilgandan keyin qonuniy kuchga kiradi. Bu qaror qonuniy kuchga kirganidan keyin uni o'zgartirish yoki bekor qilish mumkin emas, faqat davriy to'lovlar (ozuqa, zararni qoplash) miqdorini o'zgartirishga ruxsat bor.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida barcha fuqarolik ishlarida taraflar, ularning vorislar va sud qarorini bajaradigan barcha shaxslarga tegishli.
AMALDA
Agar sud oilani qo'llab-quvvatlash to'g'risida hal qiluv qarori qabul qilsa va shikoyat berish muddati o'tsa, bu qaror qonuniy kuchga kiradi. Keyin agar bolaning ozuqa miqdori o'zgarishi kerak bo'lsa, taraf yangidan ariza berish orqali miqdorni o'zgartirishni talab qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.