Ish bo'yicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo'shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin, agar:
1) huquq to'g'risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini, olib berilishi kerak bo'lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo'lgan harakatlarni ko'rsatmagan bo'lsa;
2) arz qilingan talablarning birortasi bo'yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan va tushuntirishlar bergan bo'lsalarda, biroq bu xususda hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo'lsa;
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko'rsatilmagan bo'lsa.
Qo'shimcha hal qiluv qarorini chiqarish to'g'risidagi masala hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay qo'zg'atilishi mumkin.
Qo'shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko'rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi. Qo'shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin.
Qo'shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Qo'shimcha hal qiluv qarorini chiqarish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
Qo'shimcha hal qiluv qarorini chiqarishni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
262-modda. Qo'shimcha hal qiluv qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.