Fuqarolik protsessual kodeksi

261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish

Sud hal qiluv qarori yozuvida yo'l qo'yilgan xatolarni yoki ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni o'z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko'ra tuzatishi mumkin. Hal qiluv qarori yozuvida yo'l qo'yilgan xatolarni yoki ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda ko'rib chiqiladi. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi. Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish to'g'risida ajrim chiqariladi. Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish to'g'risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.