Prokurorning, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilgan davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning va fuqarolarning arz qilingan talablari to'liq yoki qisman rad etilganda, javobgar qilgan sud xarajatlarining o'rni unga byudjet mablag'lari hisobidan to'liq yoki da'vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda qoplanadi.
Talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jalb etilgan javobgar qilgan sud xarajatlarining o'rni byudjet mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Mol-mulkni xatlashni bekor qilish to'g'risidagi da'vo qanoatlantirilgan taqdirda, da'vogar qilgan sud xarajatlarining o'rni unga byudjet mablag'lari hisobidan qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
140-modda. Taraflarga sud xarajatlarining o'rnini qoplash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.