Fuqarolik protsessual kodeksi

14-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish

(14-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sud ishlarni O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'lmasa, boshqa qonunchilik hujjatlarini ham qo'llaydi. Nizoli munosabatni tartibga soladigan huquq normalari mavjud bo'lmagan taqdirda, sud shunga o'xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo'llaydi, bunday normalar mavjud bo'lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqqan holda hal etadi. Sud O'zbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qo'llaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.