Fuqarolik protsessual kodeksi

141-modda. Davlatga sud xarajatlarining o'rnini qoplash

Ishni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan va da'vogar to'lashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. Arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni ko'rish bilan bog'liq chiqimlari da'vogardan davlat daromadiga undiriladi. Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilingan bo'lsa, sudning ishni ko'rish bilan bog'liq chiqimlari sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilinmagan da'vogardan talablarining rad etilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi. Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilingan bo'lsa, sudning ishni ko'rish bilan bog'liq chiqimlari davlat hisobiga o'tkaziladi. Javobgarni qidirish ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda e'lon qilingan taqdirda, sud qidiruv ishi bo'yicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat daromadiga undiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.