Byudjet kodeksi

97-modda. Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini va byudjetnomani kiritish tartibi

(97-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi va byudjetnoma: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15 sentyabriga qadar kiritiladi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga — joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi va o'rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo'yicha xulosani joriy yilning 5 oktyabridan kechiktirmay taqdim etadi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi. Byudjetnoma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ham, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritiladi. O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi, o'rta muddatli davr uchun fiskal strategiya O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qo'yiladi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Fuqarolar uchun byudjet» axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.