Byudjet kodeksi

98-modda. Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunni qabul qilish

(98-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 9 декабрдаги ЎРҚ-590-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 10.12.2019 й., 03/19/590/4129-сон)

Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 noyabriga qadar ko'rib chiqilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ko'rib chiqish uchun qabul qilingan kundan e'tiboran besh kun ichida yuboriladi. Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 dekabridan kechiktirmay ma'qullanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.