Byudjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat bo'lib, ushbu yo'nalishlar asosida Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Byudjetnoma quyidagilarni o'z ichiga oladi:
O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rta muddatli davr uchun prognozini;
O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
yangilangan Fiskal strategiyani;
prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi daromadlari hamda xarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun byudjet mo'ljallarini;
sohalar bo'yicha rivojlanishning asosiy yo'nalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor ko'rsatkichlarini;
davlat qarzining holati to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek O'zbekiston Respublikasi nomidan va O'zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablag'larining yillik cheklangan miqdorini.
lex.uz’dagi asl matn96-modda. Byudjetnoma
(96-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-660-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/660/1682-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.