Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan:
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi;
daromadlarning tashkil topish manbalari bo'yicha Davlat byudjeti daromadlari prognozi;
birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet so'rovlari va O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat byudjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.
Davlat byudjetining loyihasi:
ushbu Kodeksning 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat byudjetining daromadlar manbalari bo'yicha daromadlari va yo'nalishlar bo'yicha xarajatlari prognozidan;
Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.
Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo'yicha daromadlar va yo'nalishlar bo'yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.
Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamg'armalarining yil boshidagi qoldiq mablag'lari bilan qoplanmasa, yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn95-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihasini ishlab chiqish
(95-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.