Byudjet kodeksi

92-modda. Byudjet so'rovlarini taqdim etish muddatlari

(92-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Kelgusi yil uchun byudjet so'rovlari joriy yilning 1 avgustiga qadar: Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar tomonidan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga; birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qo'yilmalar bo'yicha davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o'rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlari — joriy yilning 15 avgustiga qadar ishlab chiqiladi. O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari daromadlarining prognozi bo'yicha takliflarni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20 avgustigacha taqdim etadi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusidagi o'rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari daromadlarining yangilangan prognozi bo'yicha tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga: birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlariga; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, shuningdek birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning kelgusi moliya yili uchun ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarining cheklangan miqdorlariga; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga kelgusi moliya yili uchun O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga; Davlat maqsadli jamg'armalariga kelgusi moliya yili uchun O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga o'zgartirishlar kiritadi. Byudjet so'rovlarini ko'rib chiqish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi byudjet so'rovlari olinganidan keyin bir oy muddatda quyidagilarga bildirishnomalar yuboradi: birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlariga kiritilgan o'zgartirishlar, amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo'lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo'lgan, byudjet daromadlarining tegishli o'sishi bilan ta'minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to'g'risida, shuningdek byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'larini oluvchilar faoliyatining samaradorligi ko'rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga va davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli byudjetlarning va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda mazkur prognozlarga tuzatish kiritish haqida, shuningdek byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari to'g'risida Bunda birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining yozma bildirishlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko'rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan byudjet so'rovlarini taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.