Byudjet kodeksi

91-modda. Byudjet so'rovlarini ko'rib chiqish tartibi

(91-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet so'rovlarini ko'rib chiqish: tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar bo'yicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari bo'yicha — Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'larini oluvchilar bo'yicha, shuningdek O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar bo'yicha — tegishli birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar tomonidan; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, shuningdek birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarining ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalari bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hamda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalari bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar bo'yicha byudjet so'rovlarini ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.