Byudjet kodeksi

93-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlash muddatlari

(93-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalari: tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyulidan kechiktirmay; Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joriy yilning 1 avgustidan kechiktirmay taqdim etiladi. Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining loyihalarini tayyorlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.