Byudjet kodeksi

86-modda. O'tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to'g'risidagi tahliliy hisobot

O'tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to'g'risidagi tahliliy hisobot byudjet tashkiloti, byudjet mablag'lari oluvchi va byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi hamda byudjet tashkiloti, byudjet mablag'lari oluvchi va byudjet mablag'larini taqsimlovchining faoliyatini baholash, bundan buyon uni byudjet tizimi byudjetlarining mablag'lari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun foydalaniladi. O'tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to'g'risidagi tahliliy hisobot byudjet tashkiloti, byudjet mablag'lari oluvchi va byudjet mablag'larini taqsimlovchining har bir faoliyat turi bo'yicha o'tgan yilda erishilgan va joriy yilda kutilayotgan natijalarining asosiy miqdor va sifat ko'rsatkichlari haqidagi axborotni o'z ichiga oladi. O'tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to'g'risidagi tahliliy hisobot qisqa va aniq shaklda bayon etilishi hamda u mazkur faoliyat sohasida kasbiy bilimlarga ega bo'lmagan shaxslarning uni tushunishini qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni o'z ichiga olmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.