Byudjet kodeksi

85-modda. Byudjet so'rovi

(85-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet so'rovi: byudjet tashkilotining, byudjet mablag'lari oluvchining va byudjet mablag'larini taqsimlovchining byudjet tizimi byudjetlari mablag'laridan foydalanish bilan bog'liq faoliyatining miqdor va sifat ko'rsatkichlarini o'z ichiga oluvchi, o'tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to'g'risidagi tahliliy hisobotni; xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo'ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko'rsatilgan reyestrini; byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini; byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog'liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun byudjet buyurtmasini o'z ichiga oladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar byudjet so'rovi bilan bir vaqtda tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg'armalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi. Byudjet so'rovini tuzish tartibi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.