Byudjet kodeksi

87-modda. Xarajat majburiyatlarining reyestri

(87-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xarajat majburiyatlarining reyestri byudjet tashkiloti, byudjet mablag'lari oluvchi va byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning byudjet tizimi byudjetlarining mablag'lari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos bo'lgan tegishli qonunchilik hujjati ko'rsatilgan ro'yxatidir. Xarajat majburiyatlarining reyestri byudjet tashkiloti, byudjet mablag'lari oluvchi va byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan o'zlari amalga oshirayotgan xarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun byudjet tasnifiga muvofiq tuziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.