Byudjet kodeksi

165-modda. Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot

(165-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot byudjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo'ladi. Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot quyidagi hisobot shakllarini o'z ichiga oladi: Davlat byudjeti ijrosining balansini; Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni; Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi hisobotni; byudjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risidagi ma'lumotnomani; Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo'yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to'g'risidagi hisobotni; Davlat qarzi to'g'risidagi hisobotni. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan shakllar bo'yicha Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni tuzadi. Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotga quyidagi ma'lumotlar ilova qilinadi: Davlat byudjeti daromadlarining soliq turlari va hududlar kesimidagi ijrosi; foydalanilgan soliq imtiyozlarining turlari va miqdori; hududlar kesimida soliq qarzi va ortiqcha to'lovlar; Davlat byudjeti xarajatlarining sohalar va hududlar kesimidagi ijrosi; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi hisobot; byudjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi pul mablag'lari harakati; O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag'lar ijrosi; O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi to'g'risidagi ma'lumot; yuqori byudjetdan quyi byudjetlarga, davlat maqsadli jamg'armalariga ajratilgan transfertlar, shu jumladan byudjet ssudalari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.