Tumanlar va shaharlar soliq inspektsiyalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlariga hisobot davri uchun soliqlar va yig'imlarning hisoblanishi to'g'risida hisobot taqdim etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo'yicha boshqarmalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan bo'linmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga hisobot davri uchun soliqlar, yig'imlar, davlat bojlari va soliq bo'lmagan to'lovlarning hisoblanishi to'g'risida hisobotlar taqdim etadi.
O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot davri uchun soliqlar, yig'imlar, davlat bojlari va soliq bo'lmagan to'lovlarning hisoblanishi hamda tushumi to'g'risida hisobotlar taqdim etadi.
Soliqlar, yig'imlar, davlat boji va soliq bo'lmagan to'lovlarning hisoblanishi va tushumi to'g'risidagi hisobotlarning shakllari hamda ularni taqdim etish muddatlari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarga O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar hamda muddatlarda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari daromadlarining tushumlari to'g'risida hisobot taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn164-modda. Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga daromadlarning tushumlari to'g'risidagi hisobot
(164-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.