Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot byudjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli byudjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisoboti quyidagilarni o'z ichiga oladi:
byudjet ijrosining balansini;
byudjet daromadlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
byudjet xarajatlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
byudjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risidagi ma'lumotnomani;
byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo'yicha tarmoqlarga, shtatlarga va kontingentga doir rejaning bajarilishi to'g'risidagi hisobotni;
byudjet tashkilotlarining nomoliyaviy aktivlari harakati to'g'risidagi hisobotni.
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobot byudjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli byudjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobot quyidagilarni o'z ichiga oladi:
byudjet daromadlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
byudjet xarajatlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi hisobotni.
Tumanlar va shaharlar bo'yicha g'aznachilik xizmati bo'linmalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlariga tumanlar va shaharlar byudjetlarining kassa ijrosi to'g'risidagi hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo'yicha:
yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga — hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraligacha;
tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni yuqori turuvchi Iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida taqdim etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g'aznachilik xizmati boshqarmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining kassa ijrosi to'g'risidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
G'aznachilik bo'linmalari tomonidan tegishli byudjetlarning kassa ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari:
a) Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni:
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo'yicha, hisobot yilidan keyingi yilning 10 fevraligacha O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
mahalliy byudjet ijrosining borishi to'g'risidagi yillik hisobotni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida taqdim etadi;
b) hisobot davri uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo'yicha:
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha;
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobot O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda tegishli hokimliklarga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn165²-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobot
(165¹ ва 165²-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.