Yo'l harakati to'g'risidagi qonun

48-modda. Transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv

Ushbu Qonunning 44-moddasida ko'rsatilgan yoshga to'lgan shaxslar avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo'yicha ta'lim tashkilotlariga hujjatlarni topshirishdan oldin tibbiyot muassasalarida transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligini aniqlash maqsadida majburiy ravishda tibbiy tekshiruvdan o'tadi. Tibbiy tekshiruv ushbu Qonunning ilovasida qayd etilgan tibbiy qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda o'tkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan o'tkazish ruxsat berilgan tibbiyot muassasalarining ro'yxati, tibbiy tekshiruvni o'tkazganlik uchun tariflarning miqdorlari va tibbiy tekshiruv natijalariga doir xulosaning shakli O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.