Yo'l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta'minlash haydovchilarni majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy ko'riklardan, shu jumladan reysdan oldingi tibbiy ko'riklardan o'tkazish, shuningdek yo'l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam ko'rsatish, yo'l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga hodisa yuz bergan joyning o'zida, tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam ko'rsatish usullarini yo'l harakati ishtirokchilariga, ichki ishlar organlarining, boshqa ixtisoslashtirilgan bo'linmalarning mansabdor shaxslariga va aholiga davriy ravishda o'rgatish orqali amalga oshiriladi.
Yo'l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga ko'rsatiladigan tibbiy yordam hodisa yuz bergan joyning o'zida tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam ko'rsatishdan, shuningdek yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan joyda, davolash-profilaktika muassasasiga olib borilayotganda va davolash-profilaktika muassasasida malakali tibbiy yordam ko'rsatishdan iboratdir.
Tibbiy ko'riklarni o'tkazish hamda yo'l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam ko'rsatilishini tashkil etish tartibi, tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam ko'rsatish uchun transport vositasining salonida turishi shart bo'lgan zarur tibbiy ashyolar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
47-modda. Yo'l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta'minlash asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.