Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan turidan qat'i nazar yer uchastkasidan:
geodeziya punktlarini, chegara, axborotga doir va boshqa belgilarni joylashtirish;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ob'yektlarini servitut shartlarida joylashtirish;
muhandislik hamda geologik qidiruv va tadqiqotlarni amalga oshirish;
binolar va inshootlarni qurish yoki rekonstruktsiya qilish uchun zarur bo'lgan asosiy vositalarni, qurilishga doir hamda boshqa materiallarni bunday qurilish yoki rekonstruktsiya qilish davrida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirish;
shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq obodonlashtirish ob'yektlarini joylashtirish;
yerlarni rekultivatsiya qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun foydalanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
10⁷-modda. Ruxsat etilgan foydalanishning belgilangan asosiy turidan qat'i nazar yer uchastkalaridan foydalanish
(2¹-боб Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.