Yer kodeksi

11-modda. Qishloq xo'jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish

Qishloq xo'jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish — hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xo'jaligi o'simliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda bo'linishidir. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xo'jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi. Qishloq xo'jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish to'g'risidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli bo'lib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.