Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uning huquq egasining arizasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga doir ariza davlat xizmatlari markazi yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma jamoatchilik muhokamasi natijalarini inobatga olgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining qarorlariga asosan beriladi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishga doir ma'muriy reglament, shu jumladan yer uchastkalarining huquq egalari bilan ochiq muhokamalar o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanishning ayrim turlariga ruxsatnoma olish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda to'lov undirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn10⁶-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish tartibi
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Yer uchastkasini ma'lum maqsadda foydalanish uchun rasmiy ruxsat olish jarayoni. Masalan, turar-joy qurilishi, savdo, yoki boshqa ishlarni boshlashdan oldin hukumat organlaridan ijozat olish kerak. Bu ruxsatnoma jamoatchilik fikri va arxitektura qoidalariga muvofiq beriladi.
Kimga tegishli
Yer uchastkasining egasi yoki uning huquqli vakili ariza topshirish orqali ruxsatnoma olishi mumkin.
Amalda
Qurilish kompaniyasi yangi bino qurish uchun yer uchastkasini sotib oldi. Ruxsatnoma olish uchun davlat xizmatlari markaziga ariza topshirdi, jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi va qurilish bosh boshqarmasi ruxsatnomani berdi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.