Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi oila a'zolari va o'zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarini buzganliklari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo'ladi.
Ushbu Kodeks 32-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan shaxslar turar joyni ijaraga oluvchining oila a'zolari deb tan olinadi.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to'g'risidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara shartnomasiga kiritilishi bu yerda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi bo'lgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo'lmagan maydonga ega bo'lsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish mumkin emas.
Oila tarkibining o'zgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining o'zgarishiga olib keladi.
Ijaraga oluvchining oila a'zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar.
Ijaraga oluvchining voyaga yetgan oila a'zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda turar joyda doimiy yashayotgan barcha fuqarolar ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bilan solidar javobgar ekanliklari to'g'risida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday hollarda ijaraga oluvchining oila a'zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar sherik ijaraga oluvchi deb hisoblanadilar.
Ijaraga oluvchining sobiq oila a'zolari egallab turgan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular ijaraga oluvchi ega bo'lgan huquq va majburiyatlarni saqlab qoladilar.
Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila a'zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar:
ko'p kvartirali uyning turar joylaridan, umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan belgilangan maqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy huquqi, o'zga huquqlarini kamsitmagan holda foydalanishi;
turar joylarning asralishini ta'minlashi, shuningdek ularni tegishli texnik hamda sanitariya holatida saqlab turishi;
avariya yuz bergan taqdirda, o'zlari egallab turgan turar joyga tegishli avariya-ta'mirlash xizmatlari vakillari kirishlarini ta'minlashi;
qonunchilikda nazarda tutilgan texnik, sanitariya, ekologik va yong'inga qarshi talablarni bajarishi;
ijara shartnomasi bo'yicha turar joylar haqini va kommunal xizmatlar haqini o'z vaqtida to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
50-modda. Ijaraga oluvchining, uning oila a'zolarining hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari
(50-модда саккизинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.